Agrotexnik tadbirlar muhim

Date:

Hozirgidek ob-havoning juda issiq kelishi g‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirishni talab etadi. Bunday sharoitda tizimli sug‘orish, g‘o‘zani chilpish hamda zararkunandalardan himoya qilish mavjud hosilni saqlab qolish va uni ko‘paytirishga xizmat qiladi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Angor va Muzrabot tumanlaridagi klaster hamda fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlarida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, soha vakillari bilan kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalarni muhokama qildi.

Havo haroratining yuqoriligi har bir daqiqani samarali foydalanishni talab etayotgani, qator oralariga ishlov berish, shamollatish, mahalliy o‘g‘it bilan sug‘orish, g‘o‘zani chilpish va uni zararkunandalardan himoya qilish kabi tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish muhim ekani ta’kidlandi. Bu chora-tadbirlar issiq kunlarda hosilni saqlab qolish va ko‘paytirish imkonini yaratishi qayd etildi.

Viloyat rahbari topshiriqlar ijrosi Ishchi guruh vakillari tomonidan doimiy monitoring qilinishi, shu asosda mas’ullar faoliyati baholanishini ma’lum qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun