Sun’iy ongli shifokor paydo bo‘lmoqda

Date:

Microsoft kompaniyasi tibbiyot sohasi uchun maxsus ishlab chiqqan MAI Diagnostic Orchestrator nomli sun’iy intellekt tizimini namoyish etdi. Wired nashri yozishicha, ushbu tizim tashxis qo‘yishda shifokorlarga nisbatan to‘rt baravar aniqroq ishlagan. Uning yordamida tibbiy ko‘riklar narxini 20 foizgacha kamaytirish mumkin.

Tizimda ChatGPT va Gemini kabi yetakchi modellar birlashtirilgan bo‘lib, hamkorlik asosida tashxis qo‘yish amaliyoti taqlid qilingan. Microsoft’ning sun’iy intellekt bo‘yicha rahbari Mustafo Sulaymon buni «tibbiy intellekt sari haqiqiy qadam» deb baholadi.

Tizim 304 ta klinik holat ustida sinovdan o‘tkazilgan. Unda SI tashxis aniqligi 80 foizni, shifokorlarniki esa 20 foizni tashkil etdi. Shuningdek, sun’iy intellekt arzonroq va samaraliroq diagnostika usullarini tanlagan. Biroq ekspertlar ushbu natijalarni ehtiyotkorlik bilan baholashga chaqirmoqda. Ular shifokorlar real hayotda turli yordamchi vositalardan foydalanishi, sun’iy intellekt esa bunday imkoniyatga ega emasligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, SI bemorlarning individual holatlarini qanday hisobga olishi hozircha noaniqligicha qolmoqda. Kompaniya hali tizimni tijoriy maqsadda foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlikni ta’minlash muhim qadam

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi xavfsizligini ta’minlash, turli favqulodda vaziyatlarning...

RUXSATNOMA OLMAY  FOYDALANMANG!

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi viloyat hududiy sho‘basi, viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati...

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...
KunTun
KunTun