Ustozlar munosib kuzatildi

Date:

Ta’lim tizimidagi 52 yillik faoliyatining 44 yilini direktorlik lavozimida olib borgan Termiz shahar 21-maktab rahbari Momahol Egamberdiyeva, 38 yillik tajribaga ega Termiz shahar 20-maktab direktori Sobir Norqulov hamda 35 yillik ish stajiga ega Termiz tumanidagi 28-maktab direktori Rohatoy Ashurovalarning har biri — ustozlik burchini sharaf bilan bajargan, el e’tirofiga sazovor, haqiqiy namunali rahbarlardir.

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev tomonidan ta’lim tizimida uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan, minglab o‘quvchilar qalbiga ilm nurini singdirgan maktab rahbarlari munosib ravishda nafaqaga kuzatildi. Bu nafaqat kuzatuv, balki yillar davomida to‘plangan tajriba, mehr va fidoyilikka ko‘rsatilgan yuksak hurmatdir. Ularning o‘rniga esa zamonaviy dunyoqarashga ega, tashabbuskor va faol yosh kadrlar tayinlanmoqda. Bu ta’lim jarayoniga yangi ruh, yangi energiya olib kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun