Ijtimoiy-iqtisodiy hayoti yaxshilandi

Date:

Sho‘rchi tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini munosib qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Tumanning “Kokaydi” mahallasidan bo‘lgan Kudrat Xurramovning oilasida amalga oshirilgan ijtimoiy ishlar – buning yorqin misolidir.

Kudrat Xurramov – bolalikdan I guruh nogironi. Uning oilasi ancha yillardan beri moddiy va ma’naviy qiyin ahvolda yashab kelayotgan edi. Oiladagi muammolarni bartaraf etishda ijtimoiy xodim Dilfuza Eshniyazova oilaning ijtimoiy holatini o‘rganib chiqib, maqsadli va manzilli yordam choralarini ko‘rdi.

Fuqaro Qudrat Xurramovga psixologik xizmat ko‘rsatildi, ruhiy qo‘llab-quvvatlash ishlari olib borildi. Qo‘ltiq tayoq va zamonaviy elektron yuritmali aravacha bilan ta’minlandi. Parashaxmat va shashka kabi adaptiv sport turlariga jalb etildi.  Bandligini ta’minlash maqsadida hunarmandchilik va edikdo‘zlikka jalb qilindi.  Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi orqali dori-darmon olish uchun mablag‘ ajratildi. Shuningdek, butun oila a’zolari ham manzilli ijtimoiy xizmatlardan foydalanishdi, ya’ni oila kambag‘allar reyestriga kiritilib, bolalar nafaqasi tayinlandi. Qizi tikuvchilik kasbiga yo‘naltirilib, tikuv mashinasi berilgan bo‘lsa, o‘g‘li ingliz tili kurslariga jalb etildi.

Hozirgi kunda Qudrat Xurramov hunarmandchilik va edikdo‘zlik bilan band. Uning mehnati orqali oila daromadiga hissa qo‘shilmoqda. Qizi esa tikuvchilikni puxta o‘rganib, oilaga qo‘shimcha daromad olib kelmoqda. O‘g‘li ingliz tili kurslarida faol qatnashib, kelajakka yo‘nalgan bilimlarni o‘zlashtirmoqda. Turmush o‘rtog‘i esa parrandachilik bilan shug‘ullanayotir. Sho‘rchi tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan olib borilayotgan bunday ishlarning hayotlar o‘zgarishiga sabab bo‘layotgani quvonarli. Mahalladagi ijtimoiy xodim Dilfuza  Eshniyazova kabi mehnatkash va fidokor ijtimoiy xodimlar tufayli ko‘plab insonlar qayta yashashga, mehnat qilishga, o‘z imkoniyatlariga ishonishga boshlamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda yangi hayot nafasi

Termiz shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari nafaqat shahar qiyofasini...

103 xizmati faoliyati raqamlarda

Termiz davlat universiteti qoshida 103 xizmati yo’lgan qo’yilgan. Ushbu...

Yong‘in-qutqaruv salohiyati yangi bosqichda

Aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga...

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...
KunTun
KunTun