Mobil angiograf xizmatidan foydalaniladi

Date:

Uzun tumani tibbiyot birlashmasida yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolashda mobil angiograf xizmatidan keng foydalanilmoqda. Ushbu xizmat orqali koronar angiografiya yordamida yurak arteriyalaridagi torayish va to‘siqlar aniqlanadi. Endilikda tumanning o‘zida bemorlarga joyida tashxis qo‘yish, davolash va stent o‘rnatish imkoniyati yaratildi.

Mobil angiograf xizmati tuman va shahar hududlarida ko‘rsatilayotgani aholi uchun katta qulaylik bo‘lib, viloyat yoki respublika markazlariga borish zaruratini kamaytirdi. Ayniqsa, uzoq hududlarda yashovchi bemorlar uchun bu katta yengillik hisoblanadi. Joriy yil davomida Surxondaryoda 1 000 nafarga yaqin fuqaro mobil angiograf xizmatidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu yurak sog‘lig‘ini yaxshilash va kasalliklarni erta aniqlashda muhim qadamdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun