Reja ortig‘i bilan bajarildi

Date:

Vohalik g‘allakorlar 2025-yil hosili uchun 89,3 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar g‘alla navlarini parvarishlab, 25-iyun holatiga don korxonalariga 267 287 tonna sara tovar don sotib, davlat ehtiyojlari uchun tovar don yetkazib berish bo‘yicha shartnomaviy reja ko‘rsatkichlarini 100,5 foizga bajardi.

Jumladan, Termiz tumanidagi “Qoraxon Paxtakor” va “Sardorbek To‘xtayev”, Jarqo‘rg‘on  tumanidagi “Abbos AR” va “Golden Traus”, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Abubakr ziroatchi” va “Ketmon darvozasi”, Sho‘rchi tumanidagi “Qobil Qosim” va “Amir agro ESS”, Sherobod tumanidagi “Shayman bobo” kabi fermer xo‘jaliklari gektaridan 95-105 sentnerdan hosil olib, xirmonga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdi.

Viloyat g‘allachiligidagi bu muvaffaqiyat qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning jadallashganligi, boshoqli don yetishtiruvchi fermerlarning moddiy manfaatdorligi, yer-mulkka egalik hissining oshganligi, zamonaviy usullarning izchillik bilan joriy etilganligi samarasidir.

G‘allachilik sohasidagi g‘alabadan ruhlangan Surxondaryolik mirishkor dehqonlar paxtachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi sohalarida ham yuqori natijalarga erishish uchun astoydil mehnat qilmoqdalar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun