Ta’limda imkon va imtiyoz

Date:

Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ham oliy ta’lim sohasida davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish belgilangan. O‘tgan qisqa davrda ushbu Konsepsiya sohada ta’lim sifatini oshirish yo‘lida tub islohotlarni olib borishga imkon berdi. Bular hali hammasi emas. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 51-moddasida “Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqliligi, oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega”ligi belgilab qo‘yildi. Bu esa mamlakatimizda yoshlar siyosati ustuvor ekanligiga zo‘r ishoradir.
Albatta, ta’lim sohasiga bu darajada katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Endilikda kam ta’minlangan oilalar farzandlarining oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilmoqda. Ushbu tashabbus ijtimoiy tenglikni ta’minlash hamda oliy ta’limga o‘qishga kirish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan. Ta’limga kirish uchun yoshlar uchun bir qancha imtiyozlar joriy etilgan. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-yanvardagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan, kambagʻal va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 18-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-fevral sanasidan yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha bepul tayyorlov kurslari tashkil etildi.

Zulfiya Berdiyeva,
Termiz davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun