Bolajonlar uchun ajoyib tuhfa

Date:

Farzandlarimiz har doim mehr va e’tiborimizda, ardog‘imizda bo‘ladi. Eng, eng yaxshi ne’matlarni faqat ularga ilinamiz. 1-iyunda esa g‘amxo‘rligimiz yanada oshadi. Sayrga olib chiqishga, vaqtini mazmunli o‘tkazib, bayram kayfiyatini taqdim etishga jon-jahdimiz bilan harakat qilamiz. Ayniqsa, bolalarni ko‘ngildagidek xordiq chiqarishi uchun yordam beradigan manzillarga oshiqamiz. Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Baraka savdo” MCHJ mutasaddilari 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bolajonlar uchun ajoyib bayram tuhfasi hozirladilar. Binoning uchinchi qavatida balalar o‘yingohi tashkil etib, foydalanish uchun ochilgani haqiqiy xursandchilik bo‘ldi.
Aytish kerakki, o‘yingohda bolajonlarga shod-u xurramlik ulashuvchi avtodrom va attraktsionlar bunyod etilgan bo‘lib, shu kunning o‘ziyoq xizmat ko‘rsata boshladi. Tuman ahli jam bo‘lgan mo‘jazgina o‘yingohda bolalarning hayqiriqlari, quvonchdan porlagan ko‘zlarini ko‘rib turib, bu yurtga faqat ana shunday shodon kulgular yarashadi, deyman beixtiyor.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun