Zaminni asrash chaqirig‘i

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirishda mustahkam poydevor bo‘lmoqda.
Mazkur hujjatning qabul qilinishi davlat organlarining fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlikdagi sa’y-harakatlarini hamda O‘zbekiston ekologik partiyasining fuqarolar ekologik bilimlarini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Qolaversa, ushbu qaror ona zaminni asrab-avaylashga qaratilgan davlat siyosati darajasidagi safarbarlik chaqirig‘i desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Amalga oshirilishi maqsad qilingan ishlar bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan 5 ta bob, 4 ta bo‘lim va 18 yo‘nalishdan iborat Konsepsiya, 2025-2026-yillar uchun yo‘l xaritasi hamda 2030-yilgacha ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini qabul qilishdan kutilayotgan maqsadli ko‘rsatkichlar kelgusi 5 yil kesimida raqamlashtirilib, indikatori belgilanib, qaror bilan tasdiqlanganligi har bir ijro organi va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari uchun ham dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
Bu esa biz partiya a’zolari va elektorati vakillaridan yanada faol bo‘lib, ushbu qarorning ijrosi yuzasidan deputatlik va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan choralarini qo‘llagan holda yondashishini talab qiladi.

Barno Eshanqulova,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Oltinsoy tuman Kengashi raisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitob keldi ko‘z o‘ynatib, miya qaynatib…

Tirnoqlari hamisha kirlanib yuradigan odamni taniysizmi? Unga na issiq...

Oltmish yillik hayajon

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu...

Imkoniyat bisyor, sharoit tayyor — yangi-yangi imtiyozlar bor

Talabalik — oltin davr deyishadi, biroq qaysi talaba bilan...

Xalqaro  markaz  zamonaviy kasb o‘rgatadi

Mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan mutaxassislarga bo‘lgan...
KunTun
KunTun