Surxondan Xorazmgacha…

Date:

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ichki turizmni rivojlantirish, shuningdek, yurtimizning tarixiy-madaniy meros obyektlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirdilar. Sayohat davomida ishtirokchilar Xiva shahridagi diqqatga sazovor maskanlarda bo‘lib, ularning tarixi, arxitektura xususiyatlari va madaniy ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif talabalar uchun tarixiy bilimlarni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni chuqur anglash hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi. Xorazm viloyati o‘zining boy tarixi va betakror madaniy merosi bilan mashhur. Sayohat davomida talaba-yoshlar Arda qishlog‘ida joylashgan qadimiy obidalarni, Xiva shahrining noyob me’moriy obidalarini, xususan, Ichan qalʼaning tarixiy va madaniy ahamiyatini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Sayohat nafaqat o‘quv jarayonini boyitdi, balki talabalar qalbida tarixiy merosimizga nisbatan hurmat va e’tibor hissini kuchaytirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun