Semizlik kasalliklarni keltirib chiqaradi

Date:

Ayni paytda sayyoramizda 7 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarning 29 foizi ortiqcha vaznga ega. Agar ota-onalar farzandlari rivojlanishida bo‘y o‘sishining sekinlashishi, ortiqcha vazn yoki aksincha, vazn yetishmasligi, horg‘inlik, zaiflik kabi holatlarni sezsalar, darhol bolalar endokrinologiga murojaat qilishlari tavsiya etiladi. Bu, asosan nosog‘lom ovqatlanish, ya’ni fastfudlar, tez tayyorlanuvchi mahsulotlar, shirinliklar, shokolad va gazlangan ichimliklarni haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish bilan bog‘liq.
Bolalarda semirish besh yoshdan kuzatila boshlaydi. Bunga ko‘pincha maktabga chiqishdan oldin o‘g‘il-qizlar turmush tarzining keskin o‘zgarishi, ovqatlanish tartibining buzilishi sabab bo‘ladi. Semizlikdan saqlanishning asosiy yo‘li muvozanatli taomlanishdir. Ayniqsa, nonushta qilishni kanda qilmaslik kerak. Chunki bola kun davomida quvvat beradigan kaloriya va uglevodlarning asosiy miqdorini ertalabki tanovul paytida oladi. Nonushta bo‘tqa, tuxum, tvorog va mevalardan iborat bo‘lishi mumkin. Tushlik va kechki ovqat ham vaqtida qilinishi kerak. Shuningdek, kun davomida zarur miqdorda suyuqlik ichishni ham unutmaslik zarur.
Bolaning ratsionida ortiqcha uglevodlar bo‘lmasligi muhim. Ularni iste’mol qilish turmush tarziga bog‘liq. Chunki bunday moddalar tanadagi energiya manbai hisoblanadi. Shuning uchun, agar bola ko‘p harakatlansa va sport bilan shug‘ullansa, ko‘proq uglevodlarga muhtoj va aksincha, harakati kam bo‘lsa, uglevodni kamaytirgan afzal. Bundan tashqari, iste’mol qilinadigan ovqat hajmiga ham e’tiborli bo‘lish lozim. Bolaga kattalar yeydigan porsiyani bermaslik kerak.
O‘g‘il-qizlardagi semizlikning asosiy xavfi keyinchalik ularda 2-toifa qandli diabet rivojlanishi mumkin. Ushbu kasallikning dastlabki belgilari tez-tez peshob qilish, tashnalik va sababsiz vazn yo‘qotishdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sen iste’dodlisan”

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ayni kunlarda “Sen...

Behbudiy asarlari turk tilida

Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidlik harakati” mavzusida...

Bitiruvchilardan qimmatli sovg‘a

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning mutolaa madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni...

Taklifi qo‘llab-quvvatlanadi

Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zi o‘qiydigan maktabga kerakli shart-sharoitlarni o‘z...
KunTun
KunTun