“Diydor”da yangi MTT foydalanishga topshirildi

Date:

Sariosiyo tumanida bog‘chaga bolalar qamrovini oshirish maqsadida yana bir maktabgacha ta’lim tashkiloti bolajonlar uchun foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, ota-onalar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ushbu 100 o‘rinli 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 3 milliard 250 million so‘m mablag‘ evaziga 120 o‘rinli bog‘chaga aylantirildi va zamonaviy qiyofa kasb etdi. Shuningdek, oshxona, musiqa zali, bolalar o‘yin maydoni, mashg‘ulotlar uchun tashqi ayvonlarda zarur barcha sharoitlar yaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun