“Denov siti”: qurilishga start berildi

Date:

Aholi sonining ortishi va urbanizatsiya jarayonlari inobatga olingan holda, zamonaviy turar joylar qurilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Denov tumanida ana shunday yirik loyihalardan biri — “Denov siti” massivi qurilishiga start berildi.
Umumiy qiymati 980 milliard so‘mni tashkil etuvchi mazkur loyiha doirasida 6 yil davomida 3 500 ta xonadonli ko‘p qavatli turar joylar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, dam olish va sport-sog‘lomlashtirish markazlari hamda boshqa zarur infratuzilma obyektlari barpo etilishi rejalashtirilgan.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, bu kabi loyihalar davlat rahbari topshiriqlari asosida, aholining roziligi, qulay turmush sharoiti va farovonligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun