Shaftoli eksporti boshlandi

Date:

Termiz tumanida parvarishlanayotgan ertapishar 66 075 dona shaftoli ko‘chati besh yil avval 245 ming AQSH dollari evaziga Gretsiyadan keltirilib, “Termiz” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida rasmiylashtirilgan. O‘tgan yillarda mahalliy iqlimga moslashgan ko‘chatlar bu yil yanada ko‘proq hosil tugdi.
Ayni paytda janubning quyosh nuriga to‘yinib pishgan shaftoliga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlar xaridor bo‘lmoqda. Shu kunlarda bog‘dagi hosil terilib, saralanayotir. Xorijlik buyurtmachilarga jo‘natish uchun qadoqlanib, eksportga tayyorlanmoqda.
O‘tgan yil viloyat eksportyorlari jahonning Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Quvayt va Mo‘g‘uliston davlatiga qariyb 10 million AQSH dollari qiymatidagi 11 ming 200 tonna shaftoli eksport qilgan. Joriy yil bog‘larda meva hosilining serobligi shaftoli eksportini ko‘paytirishga qulay imkoniyat yaratmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun