Do‘stim bor ekan…

Date:

Har safar badiiy asar mutolaasiga kirishganimda qahramonlar holatidan kelib chiqib, o‘sha zamonlarda, ulardek yashagan bo‘laman. Menimcha, bu holat har bir kitobxonda kechuvchi tabiiy jarayon. Xuddi shunday Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Mungli ko‘zlar” romani ham kaminada o‘zgacha hislar, o‘ylarga boy tarzda kechdi. E’tiborimni tortgani, o‘yga toldirgani ushbu romandagi Yoqutxon obrazi.

Yoqutxonning ota-bobolari zargar bo‘lganligi bois, tilla buyumlar savdosi bilan shug‘ullangan. Bunday mulklar davlatniki hisoblangan o‘sha zamonlarda boylik topish qiyin, uni yashirish esa yanada qiyin bo‘lgan. Xuddi shunday holatda Yoqutxon boshqa shahardagi zargarlardan tilla taqinchoqlar sotib olib, ustiga 3-4 baravar qo‘yib, yashirincha o‘z mijozlariga sotishni odat qilgan. Ammo bunday ishlardan tez orada militsiya xodimlari xabar topadi. Insofli muallimdan ta’lim-tarbiya olgan Yoqutxonning majruh o‘g‘li Akbar esa doim onasining bu kabi ishlarini harom hisoblagan. Vaholanki, shunday ham edi.

Yoqutxon obrazi birni ko‘rib fikr qilishga, birni ko‘rib shukr qilishga, xulosa chiqarishga chaqirgandek bo‘laveradi. Ha, qo‘limda samimiy va haqiqiy do‘stim — kitob bor ekan, men to‘g‘ri yo‘ldan hech qachon adashmasligimga ishonaman. Sizning-chi, do‘stingiz kim?

Marjona Boltayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun