Kutubxona emas, “Instagram” gavjum

Date:

Bugungi yoshlar hayotini ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, Instagram kabi platformalar yosh avlod orasida eng mashhur bo‘lib ulgurdi. Shu bilan birga, kutubxonalar bo‘m-bo‘sh, o‘quv zallari huvillab qolmoqda. Bu hodisa shunchaki texnologik taraqqiyot natijasimi yoki chuqurroq ijtimoiy muammo?

Avvalo, Instagram yoshlar uchun nafaqat muloqot maydoni, balki o‘zini ko‘rsatish, mashhurlikka erishish, yangiliklardan tezkor xabardor bo‘lish imkoniyatini beradi. U yerda yorqin suratlar, qisqa videolar, trendlar, memlar, musiqalar orqali odamlar e’tiborini tortish va “like” yig‘ish imkoniyati bor. Bu esa insondagi tan olinish istagini bevosita qondiradi.

Aksincha, kutubxona sokin, tartibli, diqqatni talab qiluvchi muhitdir. Bu yerda natija tez emas — bilim olish vaqt, sabr va tirishqoqlik ortidan keladi. Ko‘pchilik uchun bu yo‘l zerikarli ham. Ayniqsa, darhol natija, darhol zavq izlaydigan yoshlar uchun.

Biroq shuni unutmaslik kerakki, Instagram vaqtincha zavq bersa, kutubxona abadiy bilim, ilhom beradi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rganlarimiz kechagina trend bo‘lgan bo‘lsa, bugun unutilgan. Kitobda esa har bir sahifa — inson tafakkurini boyitadigan, hayotni chuqurroq tushunishga chorlaydigan manba.

Xulosa qilib aytganda, kutubxonaning gavjum bo‘lishi uchun biz avvalo, kitobxonlik madaniyatini qayta tiklashimiz kerak. Instagramni butunlay rad etish emas, balki uni me’yorida ishlatish, oqilona foydalanib, aniq maqsadga yo‘naltirish — eng to‘g‘ri yondashuv bo‘ladi. Zero, haqiqiy rivoj — “like” emas, bilim orqali keladi.

Mohinur YO‘LDOSHEVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitob keldi ko‘z o‘ynatib, miya qaynatib…

Tirnoqlari hamisha kirlanib yuradigan odamni taniysizmi? Unga na issiq...

Oltmish yillik hayajon

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu...

Imkoniyat bisyor, sharoit tayyor — yangi-yangi imtiyozlar bor

Talabalik — oltin davr deyishadi, biroq qaysi talaba bilan...

Xalqaro  markaz  zamonaviy kasb o‘rgatadi

Mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan mutaxassislarga bo‘lgan...
KunTun
KunTun