“Shu dargohdan qarzim bor…”

Date:

Eng yaxshi sovg‘a haqida gap ketganda, javoblar turlicha bo‘ladi. Har kim o‘z didi, salohiyati va dunyoqarashidan kelib chiqib javob qaytaradi. Sizningcha, eng yaxshi sovg‘a nima bo‘lishi mumkin? Esimda, seriallarning birida qiz uzatayotgan ayol quda bo‘lmishga kitoblar to‘plamini sovg‘a qilib olib keladi. Tillami, qimmatbaho sarpo-surug‘ kutayotgan qudaning ahvolini bir tasavvur qiling endi.

Ammo, eng qimmatli sovg‘a aslida kitob ekanini hamma ham tushunavermaydi. Kitob hadya qilyapmizmi, bu bizning o‘sha odamga ilinayotgan yaxshiligimizdir, ma’naviyat nuri ila ong-u shuurini, qalbini yoritishni niyat qilganimizdandir. Albatta, kitob qadrini bilgan inson bunday tuhfadan mamnun bo‘lishi aniq. Bandixon tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabni bundan 20 yil avval tamomlab, katta hayotga uchirma bo‘lgan yoshlar kitobning ahamiyatini, u beradigan ma’naviy ozuqani yaxshi bilishadi va bunga o‘z hayotlari, ish faoliyatlari misolida amin bo‘lishgan. Ayni shu kitoblar sabab bugun jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lib, turli sohalarda mehnat qilishmoqda. Iqtidor va salohiyatlari, mehnat-u bilimlari bilan yuzlari issiq, hurmat va e’tibor qozonishgan.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tayotgan ayni kunlarda sobiq bitiruvchilar o‘zlari ta’lim-tarbiya olishgan jonajon maktablariga tashrif buyurishdi. O‘tgan davrlarni, ustozlari saboq bergan damlarni eslashdi. Shirin xotiralarini o‘quvchi-yoshlarga, ustozlarga so‘zlab berishdi. Tashrif esda qolarli bo‘ldi, ular quruq qo‘l bilan kelishmadi, balki o‘qishli, o‘zbek va jahon adabiyotining nodir durdonalari jam bo‘lgan 500 dan ortiq kitoblar to‘plamini maktab kutubxonasiga sovg‘a qilishdi.

— Bugungi uchrashuv esda qolarli bo‘ldi, — deydi maktabning ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Anvar Nurmuhammedov. — Qolaversa, o‘quvchi-yoshlar uchun katta maktab vazifasini o‘tadi desa ham bo‘ladi. Maktabimizning sobiq bitiruvchilarining tashrifi, maktab kutubxonasini yanada boyitish uchun qo‘shgan hissalaridan biz ustozlar-u o‘quvchi-yoshlar quvondik. Yangi asarlarni o‘qish, ma’naviy olamimizni yanada boyitish imkoniga ega bo‘ldik.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun