Turizm ekologiyasi o‘qitiladi…mi?!

Date:

Turizm iqtisodiyotning muhim sektori sifatida jadal rivojlanib bormoqda. Zotan, turizmdan olinadigan daromadning salmog‘ini rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidan ham bilish mumkin. Shu bois ham, O‘zbekistonda turizm sohasiga alohida e’tibor qaratilayitir. Xususan, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida turizm sohasidagi tadbirkorlik faolligini yanada rag‘batlantirish, infratuzilmani yaxshilash, turizm tashkilotlariga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish nazarda tutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilanib, tashkiliy tuzilma va Nizom tasdiqlandi. Shuningdek, milliy turizm mahsulotini xorijda namoyish qilish, turizm sohasida kadrlar tayyorlash va turizm xizmatlarini sertifikatlash bo‘yicha bir qator idoraviy tashkilotlar tuzildi.

Turizmda kadrlar tayyorlash va rejalashtirish dasturi muhim hisoblanadi. Maktablarning o‘quv rejalariga turizm ekologiyasi bo‘yicha o‘quv kursini kiritish tavsiya qilinmoqda. Kadrlarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash maqsadida davlat turistik tashkilotlar va professional turistik birlashmalar xususiy sektor bilan hamkorlik qilishlari maqsadga muvofiqdir.

M.Mengniyozov,

O‘zLiDeP Sho‘rchi tumani Kengashi raisi o‘rinbosari, apparat rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun