Rejalar katta, daromad bisyor

Date:

Qay bir ishga ishtiyoqingiz bo‘lsa, u bilan shug‘ullanib, muvaffaqiyatga erishish oson kechadi. Bunda o‘tgan vaqtingizga achinmaysiz, ishga esa qunt bilan kirishasiz. Sho‘rchilik Avaz Hakimov ham o‘zini chorvachilikda sinab ko‘rishga hech ikkilanmadi. Bir necha yil avval bankdan 33 million so‘m imtiyozli kredit olib, chorvachilik bilan shug‘ullanishni boshladi.
— Chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun dastlab 4 bosh qora mol olgandim, — deydi Avaz Hakimov. — Kreditni o‘z vaqtida to‘lab, o‘tgan yili yana 50 million so‘m kredit olib, yirik shoxli qoramollarimizni 20 boshga yetkazdik. Chorva mollarini boqayotgan maxsus xonalarimiz ham kengaydi. Maqsadim ro‘zg‘orimizni obodligi uchun harakat qilish va chorvachilikni rivojlantirishdir.
Albatta, inson astoydil harakat qilsa, mehnat qilsa, maqsadiga erishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun