“Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni (PF-185-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini vaqtinchalik qabul qilish tartibi bekor qilinadi.
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ta’lim olish, bandligini ta’minlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslariga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan nomzodlar ham qamrab olinadi. Shuningdek, bosqichma-bosqich Andijon viloyati, Toshkent shahri hamda Samarqand viloyatida kichik hajmli bolalar uyi tashkil etiladi.
“Mehr daftari” jamg‘armalari tugatiladi. 2025-yil 1-fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
“Onalar maskani”da onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi. Ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi. Onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Oldingi sahifaTashabbusda chuqur ma’no mujassam
Keyingi sahifaLochin

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktab zamonaviy qiyofada

Termiz shahridagi 15-sonli umumta’lim maktabi mahalliy byudjetdan yo‘naltirilgan 8...

Jarima kimga yoziladi?

1-apreldan radarlar ham jarima ballari yoza boshlaydi. Bunda, o‘ziga...

Kutubxona kitoblar bilan boyidi

Shamsiddin Fatxullayev boshchiligida Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi vakillari...

Yangi sahifa, yangi orzular!

Termiz davlat universitetida  an’anaviy "Talabalikka bag‘ishlov" tadbiri bo‘lib o‘tdi....
KunTun
KunTun