Tashabbusda chuqur ma’no mujassam

Date:

Soʻnggi yillarda mamlakatimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilish maqsadida harbiy sohada keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotir. Shu bilan birgalikda harbiy xizmatchilarning ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirishga ham katta e’tibor qaratilgan.
Termiz davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida haftaning har juma kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” etib belgilanligini inobatga olib, viloyatimizda joylashgan harbiy qismlarning birida bo‘lishib, u yerda shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan zobit va ofitserlar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida “Jadidlar — milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazishdi.
Albatta, harbiylarimiz uchun bu mavzuni tanlashimizda o‘ziga xos chuqur ma’no bor. Chunki fikri uyg‘oq, ma’rifatparvar bu insonlar xalqimizni istibdod kishanlaridan ozod etishga intilganlar. Bu yo‘lda odamlarning ong-u shuurini boyitish, bilim va salohiyatini yuksaltirish, ko‘ngil ko‘zini ochish Vatanimizni mustabid tuzumdan ozod qilish ularning asosiy maqsadi edi.
Zero, bizning birdan bir maqsadimiz ham harbiy xizmatchining ong-u tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun mas’uliyat tuyg‘usini chuqur singdirishdan iboratdir.

Jamshid NAZAROV,
TerDU tyutori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun