Yoshlarning atrof-muhitga munosabati

Date:

Inson hayotini tabiiy muhitsiz tasavvur etish qiyin. Shuning uchun ham tabiatni muhofaza qilish, uning musaffoligini saqlash insoniyatning muqaddas burchidir. Bizni qurshab turgan suv, havo, tuproq, o‘simliklar olamining hozirgi ahvoli, atrof-muhit ifsoflanib qolishining oldini olish hisoblanadi.
Biosferani muhofaza qilish choralarini ko‘rish har bir kishining muxim vazifalaridan biridir. “Tabiat va jamiyat” majmuasining ichki mutanosibligi, biosfera muvozanati insonning tabiatga nisbatan ijtimoiy ekologik munosabatlarini shakllantirib, madaniy mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Ekologik madaniyat insoniyatning tarixiy rivojlanish jarayonida tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan nazariy-ilmiy g‘oyalarning majmuasi bo‘lmasdan, ma’lum jamiyatda yashayotgan shaxslarning ruhiy holatlari, hissiyotlari, kayfiyati va intilishlarini ham qamrab olib, turli darajadagi ijtimoiy ong shakllarining ekologiya maqsad-manfaatlari doirasida mushtarakligini ifodalaydi.
Shu o‘rinda, ta’kidlash lozimki, bugungi kunda atrof tabiiy muhitning holatini hamda ekologik muammolarning naqadar keskinligini inobatga olsak, ushbu sohada ham ta’lim-tarbiyani rivojlantirish mavjud muammolar yechimini topishda zarurligini anglashimiz mumkin.
Ekologik tarbiya bolalikdanoq singdirib borilishi kerak. Yosh avlodning sog‘lom o‘sib ulg‘ayishi va o‘zidan keyingi avlodga tabiat go‘zalliklarini avaylab asrab yetkazishi uchun ularga tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan tejamkorona foydalanish yo‘llarini o‘rgatish, tabiat bilan bog‘liq har qanday ishni amalga oshirishdan oldin tabiiy muhitga zarar yetkazmaydigan usullarni tanlash lozimligini o‘rgatishimiz zarur. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda tabiatga hurmat bilan qarash, unga nisbatan estetik hissiyotni uyg‘otish tajribalari, bolalarning yoshi, bilim ko‘lamini inobatga olgan holda, ularning tafakkuriga yetib boradigan darajada tabiat to‘g‘risida, o‘simliklar olami haqida, hayvonot dunyosi borasida qiziqarli va maroqli suhbatlar o‘tkazish, nihollar, sabzavot, gul namunalarini qanday o‘tkazish, parvarishlash, borasida televideniyeda alohida maxsus ko‘rsatuvlar uyushtirilishi ham ijobiy natijalar beradi.
Katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlari ham yoshlar uchun o‘rnak, saboq bo‘lishi tabiiy. Ayni damda yoshlarimizning ekologik huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim tizimining ajralmas bo‘g‘ini bo‘lib, uning asosiy g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan. Bugungi kunda ekologik madaniyatni oshirish uchun jamoatchilik tomonidan olib borilayotgan ishlar maktab o‘quvlariga ekologik tarbiyani kechiktirmay singdirishga ham e’tibor qaratilishi lozim. Ekologik tarbiya samaradorligini oshirish ekologik ta’limga bog‘liqdir. Ekologik ta’limni keng ko‘lamda (bog‘cha, maktab, muassasa, jamoat tashkilotlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida) amalga oshirish zarurdir. Bu ish hozirgi kunning muhim muammolaridan biri bo‘lib, kelajak sog‘lom avlod uchun kafolat beradi.

Jamshid Aliyev
“Yuksalish” harakati viloyat
hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun