Attestatsiya boshlandi

Date:

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarida 9-sinf bitiruvchilari uchun jismoniy tarbiya fanidan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari boshlandi.

1–6-may kunlari davom etadigan imtihon jarayonlari qur’a tashlash natijalariga ko‘ra tashkil etilib, o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va amaliy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilmoqda.

Sinovlarda o‘g‘il bolalar 4×10 metrga mokisimon yugurish, 60 metrga past startdan yugurish hamda turnikda tortilish mashqlarini bajarayotgan bo‘lsa, qizlar arg‘amchida sakrash, voleybol to‘pini bosh ustida uzatish va 30 metrga to‘p bilan yugurish mashqlarida o‘z mahoratini namoyish etmoqda.

Attestatsiya jarayonlari belgilangan tartib va mezonlar asosida, shaffoflik va xolislik tamoyillariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilmoqda. Baholashda o‘quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi, texnik harakatlarni to‘g‘ri bajarishi hamda sport madaniyati inobatga olinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun