Birinchi sinfda birinchi o‘rinda

Date:

Endigina maktabga borib, harf tanib, yozishni o‘rganadigan, matematik amallarni bajara boshlayotgan o‘g‘il-qizlardan umidimiz katta bo‘lishi mumkin, ammo birdaniga natija kutmaymiz. Ular otlangan ma’rifat yo‘lining ilk qadamlarining tashlanganining o‘ziyoq kishini quvontiradi. Bugunning yoshlari bilimli va salohiyatli, allaqachon yozish va o‘qishni-da o‘rganib, birinchi sinfni boshlashgani quvonarli hol. Matematik amallarni esa qo‘llarida emas, xayolda zumda bajarib, javobini aytishadi. Sababi, ular bog‘chadanoq mental arifmetikani o‘rganishgan-da.
Termiz shahrida “Mental arifmetika” ochiq olimpiadasining respublika bosqichida aynan birinchi sinf o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z bilimlarini namoyish etdilar. Sherobod tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchilari S.Toshboltayeva va A.Choriyevlar munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar Birlashgan Arab Amirligi davlatining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon olimpiadasida ishtirok etishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun