Aholiga qulaylik

Date:

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida Sariosiyo tumanida izchil ishlar olib borilmoqda. Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida Darag‘iston mahallasida homiylik asosida yangi ko‘prik qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov ishtirok etdi. Tadbir davomida yangi ko‘prikning aholi hayotidagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Mazkur inshoot mahalla aholisi uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etib, uning ishga tushirilishi natijasida qatnovdagi mavjud qiyinchiliklar bartaraf etildi. Endilikda aholining harakatlanishi yanada qulaylashib, hududlar o‘rtasidagi masofa amalda qisqardi.

Tuman hokimi qurilish ishlarida faol ishtirok etgan mutaxassislar hamda homiy tashkilotlarga minnatdorlik bildirib, ularning bu ezgu tashabbusi aholi farovonligiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Tashrif doirasida mahalla aholisi bilan sayyor qabul ham o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi va ularni hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ҲАМДАРДЛИК БИЛДИРАМИЗ!

«QUANTUM INSURANCE» акциядорлик жамияти (аввалги номи «ИНГО-УЗБЕКИСТАН») жамоаси, суғурта...

VATANPARVARLIK — EZGU MAQSAD, AMALIY FAOLIYAT

Vatan himoyasi, yurt tinçligi va yoş avlodning harbiy-vatanparvarlik ruhida...

Huquq va mas’uliyat muvozanati

Konstitutsiya har qanday demokratik davlatning huquqiy asosini belgilab, davlat...

TARAQQIYOTNING YANGI MEZONI

Bugungi kunda iqtisodiy ösişni tabiiy resurslarni asraş va atrof-muhitga...
KunTun
KunTun