Paxta dalalari ko‘zdan kechirildi

Date:

Paxta — oq oltin demak. Uni ekish, parvarishlash dehqondan mehnat, qarov talab etadi. Shu boisdan, erta bahordan boshlangan ishlar bugun qizg‘in pallada. Barcha sa’y-harakatlar mo‘l hosil olish uchun. Biroz muddat o‘tgandan so‘ng esa mehnat-u harakat o‘zining natijasini berib, dalalarda g‘o‘za gullaydi va lo‘ppi-lo‘ppi paxtalar ochilib, paxtakorlarni dalada chorlaydi. Ana shunday shijoat bilan g‘ozaga qarovni o‘z vaqtida amalga oshirayotgan fermer-u mirishkorlar tinim bilishmayotgani rost.
Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan “Bektepa” mahallasi hududida ekilgan paxta dalalari ko‘zdan kechirildi. Go‘za maydonlarida go‘zaga ishlov berish jarayonida dori sepish uchun foydalaniladigan texnika vositalari ko‘zdan kechirildi. Tuman Agroinspeksiya bo‘limiga texnika vositalarining doimiy soz va ishchi holatda bo‘lishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun