Mardlar sinaldi

Date:

Mardlarni sinash uchun turli sinovlardan foydalaniladi. Kurash tushishadi, ot choptirishadi, bilaklaridagi kuch bilan ham sinaladi. Sinov qanday bo‘lmasin, g‘oliblik ham, mag‘lubiyat ham tan olinsa, shuni o‘zi mardlikdir. Azaldan sinashta bo‘lgan mardlarning sinovi bugun ham ahamiyatli, bugun ham asosiy sinov turidir. Boysun tumanida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida sportning “Armrestling” turi bo‘yicha tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada yoshlar 55, 65, 75 kilogramm hamda +75 kilogramm vazn toifalarida bellashdilar. Aytish kerakki, kurash murosasiz o‘tdi. Bilagida kuchi borlar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. G‘oliblarga diplom, viloyat bosqichiga yo‘llanma va pul mukofotlari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun