Yoshlar va turizm ko‘chalari taqdimoti o‘tkazildi

Date:

Turizm hududning turistik salohiyatini, madaniyati, urf-odatlarini, tabiati-yu nechog‘lik qadimiy va ko‘hna ekanini ko‘z-ko‘z qilishga, namoyon etishga, dunyoga tanitishga xizmat qiladi. Yurtimizga tashrif buyuradigan har bir turist uchun qulaylik yaratish, sayohatdan ko‘ngli to‘lishi uchun esa munosib xizmat ko‘rsatish, zaruriy qulayliklarni yaratish talab etiladi.
Yana bir gap, g‘arb madaniyatiga mansub mehmon uchun sharqona hayot tarzi, odamlari, qiziqishlar-yu, milliy taomlari qiziq tuyiladi. Ana shunday qiziqishlarga monand javob qaytarilishi esa nur ustiga nur.
Viloyat hokimi Termiz shahri va tumanlar markazida yoshlar va turizm ko‘chalarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish topshirig‘ini berganlarida ham ayni vohaga keladigan turistlarning e’tiborini jalb etish, hayot tarzimiz bilan yanada yaqinroq tanishtirish imkonini berishi bilan ahamiyatli. Viloyat hokimligida mazkur topshiriqqa asosan ishlab chiqilgan loyihalar hududlar rahbarlari va soha mutasaddilari tomonidan taqdimot qilindi.
Viloyat rahbari ishlab chiqilgan loyihalar bilan tanishib, har bir hududning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda aholi uchun barcha qulayliklarni yaratish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, ko‘chalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, infratuzilma va obyektlar tartib bilan joylashtirilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Mas’ullarga loyihalarni boshlash, sifatli olib borish va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish vazifasi yuklandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun