Sog‘liqni saqlash vaziri Angorda

Date:

Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar sabab bugungi kunda eng chekka hududlargacha tibbiy xizmat sifati yaxshilanmoqda. Aholi salomatligini asrash, kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Qayerda, qanday muammo bor, yechimini kutayotgan muammo bor, ayni jihatlarga qiziqqan Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov Angor tumanida bo‘lib, sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlabki manzil tumandagi “Qo‘zi To‘lakov” oilaviy poliklinikasi bo‘ldi. Mazkur oilaviy poliklinikada Bahor va Ilg‘or mahallalarida yashovchi 9141 nafar aholiga tibbiyot xizmat ko‘rsatiladi. Poliklinikada tor soha mutaxassislari stomatolog, ginekolog, xirurg hamda UTT mutaxassislari faoliyat olib boradi. Vazir poliklinikada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, patranaj hamshiralari bilan suhbatlashdi.
Shundan so‘ng, Angor tumani hokimligi majlislar zalida tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov, viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhom Safarov hamda soha vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida tibbiyot sohasida Surxondaryo viloyatida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida sohasida samarali mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlariga tashakkurnoma va sovg‘alar berildi. Shuningdek, viloyatning shahar va tumanlarida faoliyat olib borayotgan patranaj hamshiralariga elektromopedlar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo suv ta’minoti yangi binoga ega bo‘ldi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJning...

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining tuman...

MUSTAHKAM OILA — YURT TAYANCHI

​Oila — har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar,...

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...
KunTun
KunTun