Surxondaryodan Taxiatoshga qurilish materiallari jo‘natildi

Date:

Prezidentimiz tashabbusi bilan Orolbo‘yi aholisi turmush farovonligini yuksaltirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish orqali ish o‘rinlari yaratish, aholini qiynayotgan turli muammolarni bartaraf etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumani Surxondaryo viloyatiga biriktirilganidan xabaringiz bor. Ayni sanadan boshlab, surxondaryoliklar taxiatoshliklar chin insonparvarlik yordamini ko‘rsatib, barcha jabhada ko‘mak berib kelishayotir. Surxondaryo tajribasi Taxiatoshda bo‘y ko‘rsatib, hudud katta o‘zgarishlarga yuz tutdi.
Surxondaryo viloyati hokimining tashabbusi bilan surxondaryoliklar nomidan uy-joy ta’miriga muhtoj taxiatoshliklar uchun shifer, yog‘och va boshqa qurilish materiallari ortilgan avtokarvon Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumaniga jo‘natildi. Umid qilamizki, ushbu ko‘mak taxiatoshliklarning koriga yarab, mamnun qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun