Huquqiy masalalar o‘rganildi

Date:

Har bir oilaning o‘z tashvishi va muammosi bo‘ladi. Bu muammoning bir uchi moliyaviy tomonga, boshqa tomoni huquqiy yordamga taqalishi mumkin. Ana shunday paytda kimga yoki qayerga murojaat qilishni, muammosiga qanday yechim topishni bilmaslikdan yomoni yo‘q. Uzun tumani adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son farmoni ijrosi yuzasidan tumandagi “Yangi hayot” MFYda uyma-uy kirib, hol so‘ralgani ayni muddao bo‘ldi.
Natijada, 200 dan ortiq xonadonga kirib borilib, ularga kerakli huquqiy yordam ko‘rsatildi. Muammolar o‘rganilishi jarayonida aholining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joy uchun subsidiya ajratish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi kabi muammolari aniqlandi.
O‘rganish davomida 76 nafar yangi hayotliklarga yuridik masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlar ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun