“Sayxunobod” tajribasi amalda

Date:

Surxondaryo viloyatida “Sayxunobod tajribasi”ommalashayotgandan buyon ishsizlar ishli bo‘lib, o‘zidagi imkon va ishtiyoqdan unumli foydalanish amaliyoti boshlab yuborildi. Uzunlik Feruza Shahobiddinova 100 millionlik imtiyozli kredit evaziga 50 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotini kengaytirib, zarur zamonaviy mebellari bilan jihozladi va 100 o‘rinliga kengaytirdi.
Uzun tumanida davlatimiz rahbari tomonidan 14.03.2024-yilda o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib, birgina X.Qahramon mahallasida 6 ta loyiha bo‘yicha jami 595 million so‘mlik loyihalar shakllantirildi.
Shuningdek, issiqxona uchun 5 ta xonadonga 132 million so‘m, uzumchilik yo‘nalishida 7 ta xonadonga 178 million so‘m, xizmat ko‘rsatishga 5 ta xonadonga 65 million so‘m, dehqonchilikka 6 ta xonadonga 30 million so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada, mahalladagi ishsizlar soni 118 tadan 28 taga kamaytirilishiga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo suv ta’minoti yangi binoga ega bo‘ldi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJning...

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining tuman...

MUSTAHKAM OILA — YURT TAYANCHI

​Oila — har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar,...

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...
KunTun
KunTun