O‘simliklar karantinida “Dolzarb 15 kunlik”

Date:

Quyosh tig‘ida qizarib pishgan, oftob nuriga to‘yingan sarhil mevalarni mahalliy bozorda sotish barobarida xorijiy davlatlarga eksport qilish dehqon uchun koni foyda. Biroq har sohaning qiyinchilik tomonlari bo‘lganidek mevalarning ham zarar keltiruvchilari bor.

Misol uchun, birinchi galda noqulay ob-havo sharoiti bo‘lsa, ikkinchidan turli xil zararkunanda hasharotlar ham mevalarga qiron keltirishi mumkin. Ayni hosilga kirgan bog‘-rog‘larda yetilayotgan  mevalarni ham nes-nobud qilmasdan, sifatli yetishtirish va zararkunandalardan himoya qilish zarur bo‘ladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, respublika hududlarida yetishtirilayotgan urug‘ hamda danak mevali bog‘larga jiddiy zarar yetkazib, eksport hajmini kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Gilos pashshasi” (Rhagoletis cerasi), “Olma mevaxo‘ri” (Cydia pomonella) va “Sharq mevaxo‘ri” (Grapholita molesta) kabi zararkunandalarga qarshi ommaviy kurashni tashkillashtirish va mazkur masalaga keng jamoatchilikni jalb qilish ishlarini olib borish bo‘yicha O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan 2022-yilning 11-aprelidan 27-apreliga qadar bo‘lgan muddat oralig‘ida “Dolzarb o‘n besh kunlik” e’lon qilindi.

   “Dolzarb o‘n besh kunlik” tadbirini samarali tashkillashtirish maqsadida keng jamoatchilik o‘rtasida “Gilos pashshasi”, “Olma mevaxo‘ri”, “Sharq mevaxo‘ri” kabi zararkunandalarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga salbiy ta’sirlari haqida soha mutaxassislarini jalb etgan holda turli seminarlar tashkil etiladi.

   Shuningdek, tadbir davomida davlat inspektorlari tomonidan o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida feromon tutqichlardan keng foydalanilishi bo‘yicha feromonitoring yuritiladi.

   Shu bilan bir qatorda, fitosanitar dala nazoratini amalga oshirishda karantin ostidagi mahsulotlarning o‘simliklar karantini qoidalariga hamda fitosanitariya talablariga muvofiqligini aniqlashda o‘rnatilgan tartibda namunalar olinib, tegishli karantin laboratoriyalarida fitoekspertizadan o‘tkaziladi hamda shu asosida fitosanitar xavf tahlili yuritiladi, zararli organizmlar aniqlangan taqdirda karantin choralari ko‘riladi.

   “Dolzarb o‘n besh kunlik” mobaynida karantin ostidagi mahsulotlarda zararkunandalar aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda zararsizlantirish (fumigatsiya) ishlari tashkil etiladi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi Toshkentda Surxondaryoning 100 gektari bor

Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, Yangi Toshkentda har bir viloyat uchun...

Muzrabotda qurilish loyihalari ko‘zdan kechirildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Sherobodda ichki ishlar xodimlari e’tirof etildi

25-oktyabr kuni Sherobod tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi...

Uzunlik xotin-qizlar Jizzaxda gulchilik tajribasini o‘rganmoqda

Uzun tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z. Mirzayeva...
KunTun
KunTun