Jarqo‘rg‘onlik yettovlon muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Date:

O‘quv yilining yakunlanishi, imtihon jarayonlarining boshlanishi talaba bo‘lish istagida bo‘lgan yoshlarning qalbiga bir olam hayajon solayotgani aniq. To‘g‘ri-da, imtihonlar qanday o‘tadi, savollarga to‘g‘ri javob bera olish, unga qadar puxta tayyorgarlik ko‘rish masalasi… ana shunday paytda ba’zi yoshlar qarmoqni uzun tashlab qo‘yib, allaqachon talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lganiga nima deysiz?
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 12-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf bitiruvchilari Otabek Abdumo‘minov, Abduazim Nurqobilovlar Kanadaning Vest universitetiga 80 foiz grant asosida, shuningdek, Elbek Hasanov, Xudoyberdi Turdimurodovlar Italiyaning Siena universitetiga 100 foiz grant asosida o‘qishga kirgani ma’lum bo‘ldi. Tengdoshlaridan qolishmagan holatda Azizbek Xo‘jaqulov AQSHning “Kent State University” oliygohiga to‘liq grant asosida, Diyorbek Orifjonov Kanadaning “International Business University” oliygohiga hamda Boburbek Jumayev Xalqaro Vestministr universitetining Toshkent filialiga muddatidan oldin talabalikka tavsiya etildi.

Oldingi sahifaSport bilan muntazam band
Keyingi sahifaTog‘ etagida…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun