Charm sanoati: Davlat ko‘magi kuchaytiriladi

Date:

O‘zbekistonda 2026–2028-yillarda charm-poyabzal sanoatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi subsidiyalar va soliq imtiyozlari joriy etiladi. Davlat tayyor charm, poyabzal hamda charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini, shuningdek, import qilinadigan poyabzal qoliplari va suvni tozalash vositalarini subsidiyalaydi.

Bundan tashqari, davlat xaridlarida mahalliy xomashyo va butlovchi qismlardan foydalanuvchi korxonalarga qo‘shimcha ustunlik beriladi. Teri va jun xomashyosini yig‘uvchi tadbirkorlar esa 2029-yil 1-iyulgacha ayrim soliqlardan ozod etiladi.

Mazkur chora-tadbirlar mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, importga qaramlikni kamaytirish va tarmoqning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun