Xarajatlar taqsimlanadi

Date:

1-iyuldan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi yangi tartib asosida to‘lanadi.

Endilikda kasallikning dastlabki 5 kuni uchun to‘lovlar ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. 6-kundan boshlab esa nafaqa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Shuningdek, sug‘urta stajiga qarab to‘lov miqdori ham belgilanadi: 6 oydan 8 yilgacha stajga ega xodimlar o‘rtacha ish haqining 60 foizini, 8 yildan ortiq stajga ega bo‘lganlar esa 80 foizini oladi.

Avvalgi tartibdan farqli ravishda, barcha xarajatlar to‘liq ish beruvchi zimmasida emas. Yangi tizim davlat va ish beruvchi o‘rtasida moliyaviy yukni taqsimlash hamda xodimlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun