Tog‘ etagida…

Date:

Inson go‘zallik shaydosi. Bordi-yu, san’at asarlari qarshisida turib yoki tabiat qo‘ynida bo‘lsa hayrat-u havasini yashira olmaydi. Dunyo ajoyibotlaridan bahra oladi. Albatta, osmonlarga tutashib ketgan tog‘lar, so‘lim tabiat qo‘yni, gul-chechaklar-u musaffo havoda bo‘lishning ham o‘z gashti bor. Shunday paytda ijod ahli borki, ijodga sho‘ng‘iydi. Shoir qog‘oz qoralab, misralarini kelishtirishga tushsa, kimdir qo‘shiq xirgoyi qilishga, notalarni tartibga keltirishga urinadi. Musavvir esa albatta, ko‘rganlarini oqqa tushirib, bu olamning bir bo‘lagini kartinasiga ko‘chirishni boshlaydi.
Ha, nigohlar tushgan go‘zallikni, tabiatning mahoratini aslidagidek ko‘chirish mahorat va san’at aslida. Termiz davlat universitetining bir guruh talabalari universitet tasarrufidagi “Darband oʻquv amaliyot bazasi”da “Darband seminari” bahonasida tashrif buyurib, ijodkor yoshlari o‘z iqtidorlarini namoyish etishga tushib ketishdi.
Bir tomonda yosh rassomlar Boysunning goʻzal tabiatidan ilhomlanib, manzara janrida rasmlar chizishgan boʻlsa, yana bir guruh talabalar jonli ijroda qoʻshiqlar xirgoyi qilishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun