Sizga sharaf bo‘lsin!

Date:

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har bir davlatning mudofaa salohiyatini mustahkamlovchi muhim omillardan biridir. Bunday yutuqlar ortida esa farzandni yuksak ma’naviyat va vatanparvarlik ruhida voyaga yetkazgan ota-onalarning hissasi ham beqiyos.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetini tamomlab, ilk “leytenant“ unvoniga sazovor bo‘lgan surxondaryolik yosh ofitserlar Shoxrux Sultonmurodov va Javohir Nusratullayevning ota-onalariga universitet rahbariyati nomidan tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, harbiy xizmatchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yosh ofitserlarning yutug‘i nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati, balki oiladagi tarbiya, harbiy ta’lim tizimidagi islohotlar va Vatanga sadoqat ruhining amaliy ifodasi ekani ta’kidlandi. Bu kabi e’tiroflar yoshlarni harbiy kasbga qiziqtirish, ularni yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlashdek sharafli burchga mas’uliyat bilan yondashishga undashi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun