Loyihalarga turtki kerak

Date:

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy issiqxonalarni rivojlantirish va eksportbop mahsulotlar yetishtirish hududlar iqtisodiyoti hamda aholi bandligini oshirishning muhim omillaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Shu maqsadda “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi Chori Mirzayev Termiz tumanida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Tashrif davomida “Termiz Agro” MCHJning 2 gektarlik issiqxonasi faoliyati ko‘zdan kechirilib, uni rekonstruksiya qilish va limon yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, “BAXTIYORBEK TRANS SERVIS” MCHJning 1,7 gektarlik issiqxonasini kengaytirish istiqbollari muhokama qilinib, loyihani moliyaviy va amaliy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tegishli takliflar ilgari surildi.

Mazkur tashabbuslar hududda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun