Hosildorlik oshiriladi

Date:

Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlikka erishish, ilg‘or agrotexnik usullarni ommalashtirish va fermerlar faoliyatini samarali tashkil etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda Jarqo‘rg‘on tumanida hokim Ilhom Saparov boshchiligida “Loyqand Chinori” hududidagi paxta maydonlarida amaliy seminar tashkil etildi. Unda g‘o‘za parvarishi, sug‘orish, oziqlantirish, kultivatsiya hamda zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or tajribalar amalda ko‘rsatilib, hudud rahbarlari o‘rtasida tajriba almashildi.

Seminar yakunida paxta hosildorligini oshirish uchun agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, fermerlar bilan manzilli ishlash hamda ilg‘or tajribalarni keng joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun