Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Date:

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an’analarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir. Ularni asrab-avaylash va yosh avlod orasida ommalashtirish bugungi kunda milliy o‘zlikni mustahkamlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Surxondaryo viloyatida ilk bor “Milliy qadriyatlarga ehtirom ko‘rsatishni oiladan boshlaymiz!” shiori ostida “Milliy o‘yinlar” festivali Qumqo‘rg‘on tumanida tashkil etildi. Festival davomida o‘zbek xalqining milliy o‘yinlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilib, ularning yoshlarni vatanparvarlik, jismoniy chiniqish va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Mazkur festival milliy merosni keng targ‘ib etish, oilalarda qadriyatlarni mustahkamlash hamda Surxondaryoning etnik turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim tashabbus sifatida e’tirof etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun