Xalqaro urug‘chilik markazi tashkil etiladi

Date:

Qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda sohaning barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda AQSHning nufuzli Ayova shtati universiteti hamda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamkorligida Xalqaro urug‘chilik fanlari markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

135 yillik tajribaga ega Amerika urug‘chilik markazi andozasi asosida faoliyat yuritadigan ushbu markazda 50 gektarlik tajriba maydonida hosildor va iqlim o‘zgarishiga chidamli yangi urug‘ navlari ustida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar malaka oshirishi, qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshirilishi hamda zamonaviy urug‘chilik texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda urug‘chilik sohasi rivojiga yangi sur’at bag‘ishlaydigan muhim ilmiy-amaliy loyiha bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun