Iqtisodiy o‘sish va bandlik masalalari Senat nazoratida

Date:

Oliy Majlis Senati Kengashining Termiz shahrida o‘tkazilgan sayyor majlisida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, 2026-yilning birinchi choragida viloyatda yalpi hududiy mahsulot 9,1 foizga, eksport esa 9,4 foizga oshgan. Shuningdek, 499,1 mln dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilib, 77 ta loyiha ishga tushirilgani natijasida qariyb 900 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Shu bilan birga, ayrim sanoat korxonalarida ishlab chiqarish hajmining pasaygani, investitsiya loyihalari va bandlik bo‘yicha rejalarning ayrim tumanlarda to‘liq bajarilmagani tanqid qilindi. Yakunda hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiyalarni jadallashtirish, eksportni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun