5 shart bo‘yicha…

Date:

Har doim ham atrofdagilarga to‘g‘ri baho bera olmaymiz. Imkoniyat, mahorat va iqtidorgina o‘zini namoyon etgandagina xulosalarimiz, bahoyimiz haqqoniy bo‘ladi. Surxondaryo viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi va UzKOJ viloyat bo‘limi, UzKOJ Termiz shahri bo‘linmasi bilan hamkorligida 18-30 yoshgacha nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz zaif ko‘ruvchi yosh qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Orasta qizlar” ko‘rik-tanlovi ham ishtirokchilarning mahoratini namoyon etib, munosib baholanishiga xizmat qildi.
Ishtirokchi qizlar 5 ta shart bo‘yicha bir-birlari bilan bellashdilar. Qizlarning o‘zlarini tutishlari, dunyoqarashlari, fikrlash doirasi yana bir bor sinovdan o‘tgan bo‘lsa, o‘zbek qizlarining nechog‘lik pazanda ekanliklari ham yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. Sinovlardan saralangan qizlar ichida sherobodlik Surayyo Mahmudova 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.
G‘oliblar diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mini futboldan shaxmatgacha…

Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida...

Tanishuv ko‘ngildagidek kechdi

Boysun tumanida “Boysun bahori” turizm majmuasida bo‘lib o‘tadigan bayram...

Loyihalar ijrosi muhokama qilindi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanining "Karvon" mahallasida bo‘lib,...

Tizimda yangi turtki

Angor tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash...
KunTun
KunTun