Til o‘rganuvchilar soni ko‘paymoqda

Date:

Til o‘rganish bugun zamon talabi va zarurati hamdir. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti qoshida tashkil etilgan xorijiy tillarni o‘qitish markazida avval xabar qilganimizdek, o‘qitish jarayonlari qizg‘in tus olgan. U yerda talabalar ingliz, rus, turk va nemis tillarini o‘rganishmoqda. Muhimi, o‘rganuvchilar tilni o‘sha tilga mansub mutaxassisdan o‘rganishayotgani yanada yaxshiroq o‘zlashtirishga xizmat qilmoqda.
Bugunga qadar markazda 170 nafardan oshiq o‘quvchi 20 nafardan guruhlarga bo‘lingan holda o‘qishmoqda. Guruhlarga bo‘linayotganda, albatta, o‘quvchilarning til bilish darajasi inobatga olinyapti. Dars jarayonlariga esa til bilish darajasi 7 va C1 sertifikatga ega tajribali o‘qituvchilarni jalb etilgani qo‘l kelyapti. Mashg‘ulotlardan va pedagoglardan yoshlarning ko‘ngli to‘lmoqda.

— Hozirda ingliz tilini o‘rganyapman, — deydi universitetning 1-bosqich talabasi Hayitgul Ashurova. — Darslar qiziqarli tarzda o‘tilayotgani va o‘qituvchilarning qattiqqo‘lligi menga ma’qul bo‘ldi. Universitetimizda shunday markaz ish boshlagani, biz talabalarga katta qulaylik tug‘dirdi. Darslardan chiqib, shu yerning o‘zida to‘garak mashg‘ulotlariga bemalol qatnayapmiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Eron tajribasi oʻrganildi

Termiz davlat universitetida eronlik mutaxassislar ishtirokida an’anaviy to‘qimachilik, tabiiy...

TERMIZDA QADIMGI TURON TARIXI VA MIFOLOGIYASI MUHOKAMA QILINMOQDA

Termiz davlat universitetida qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari, mifologiyasi...

MAHALLALARDA «3–30–300» YASHILLASHTIRISH STANDARTI JORIY ETILADI

O‘zbekistonda 2026-yil 1-oktyabrdan tozalik va ozodalik bo‘yicha ikki oylik...

NURONIYLAR SAYOHATGA YO‘L OLDI

Termiz tumanidan bir guruh nuroniy otaxon va onaxonlar yurtimizning...
KunTun
KunTun