“Quvib o‘tish” taqiqlanadi…

Date:

Tartib-qoidalar tinch va xavfsiz hayot kechirishning garovidir. Albatta, mashina yoki velosipedda bo‘lamizmi yoki piyoda, eng avvalo, yo‘l qoidalariga amal qilishimiz lozim. Xolbuki, avto, velo, moto transportlarning harakatlanish me’yori, tartibalri bo‘lib, bu Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan mustahkamlab qo‘yilgan.
Ushbu qarorga ko‘ra tartibga solingan chorrahalarda, tartibga solinmaydigan chorrahalarning asosiy hisoblanmaydigan yo‘llarda harakatlanishda ushbu transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanadi. Shuningdek, ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida, piyodalar o‘tish joylarida ham bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Ayniqsa, xavfli vaziyat keltirib chiqarish mumkin bo‘lgan temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda, quvib yoki aylanib o‘tayotgan transport vositalarini, shu bilan bir qatorda tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida ham avto, velo, moto transport vositalarini quvib o‘tish mumkin emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Eron tajribasi oʻrganildi

Termiz davlat universitetida eronlik mutaxassislar ishtirokida an’anaviy to‘qimachilik, tabiiy...

TERMIZDA QADIMGI TURON TARIXI VA MIFOLOGIYASI MUHOKAMA QILINMOQDA

Termiz davlat universitetida qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari, mifologiyasi...

MAHALLALARDA «3–30–300» YASHILLASHTIRISH STANDARTI JORIY ETILADI

O‘zbekistonda 2026-yil 1-oktyabrdan tozalik va ozodalik bo‘yicha ikki oylik...

NURONIYLAR SAYOHATGA YO‘L OLDI

Termiz tumanidan bir guruh nuroniy otaxon va onaxonlar yurtimizning...
KunTun
KunTun