Aholi xavfsizligi uchun…

Date:

Tabiiy ofatlarning sodir bo‘lishi, sel kelib Qozog‘iston, Samarqand-u Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi aholini qiyin ahvolga solib qo‘ygani afsuski haqiqat. Har birimiz bunday vaziyatlarda ogoh va xushyor bo‘lishimiz lozim. Soha mutaxassislari esa kerakli tadorlikni ko‘rib qo‘ysa, aholi xavfsizligi uchun bu muhim jihat.
Shu jihatlarni hisobga olgan holda Surxondaryo viloyati hokimi — Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Sariosiyo tumanida bahor-yoz oylarida sel, suv toshqinlari va ko‘chki mavjud hududlarda aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan FVDqT xizmatlari ishtirokida daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
O‘quv mashqida dastlab Sariosiyo tumanida tashkil etilgan mexanizatsiya yig‘ma komandasining maxsus muhandislik texnikalari va shaxsiy tarkibining saf ko‘rigi o‘tkazildi. Saf ko‘rigida jami 60 ta muhandislik texnikalari va 227 nafar shaxsiy tarkib ishtirok etdi. Ayni vaqtda tumandagi soy va daryolar, sel yo‘llari qirg‘oqlarini mustahkamlash, o‘zanlarini tozalash ishlari amalga oshirilmoqda hamda chiqarilayotgan qum-shag‘allar ichki yo‘llarni ta’mirlashga sarflanmoqda.
Maxsus taktik o‘quv mashqlar va amaliy ishlar viloyatning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun