Rektor dars oʻtdi

Date:

Navbatdagi dars boshlansa-yu, auditoriyaga rektor kirib kelsa, talabalarning hang-u mang bo‘lib qolishi aniq. Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakultetida xuddi shunday bo‘ldi. Darsni rektor A.Toshqulov o‘tdi. O‘tganda ham erkin va samimiy suhbat tarzida o‘tgan dars barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Rasmiy formatdan yiroq boʻlgan uchrashuvda talabalarga Vatan rivojiga hissa qoʻshish, harakat va qatʼiylikka intilish, oʻz ustida izlanish, xorijiy OTM muassasalarida taʼlim olish, hayotni oʻzgartirishga undovchi eng sara asarlarni mutolaa qilish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.
— Oʻz bilimingiz, salohiyatingiz, tashabbuskorligingiz, innovatsion gʻoyalaringiz bilan mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshishingiz uchun universitet sizni hamisha qoʻllab-quvvatlashga tayyor, — deydi TerDU rektori A.Toshqulov.
Rektor talabalarning fikrlash doirasi, orzu va maqsadlari bilan tanishdi. Ularning jamiyat, hayot toʻgʻrisidagi tushunchalari, yangi tashabbus va gʻoyalarini tingladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mini futboldan shaxmatgacha…

Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida...

Tanishuv ko‘ngildagidek kechdi

Boysun tumanida “Boysun bahori” turizm majmuasida bo‘lib o‘tadigan bayram...

Loyihalar ijrosi muhokama qilindi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanining "Karvon" mahallasida bo‘lib,...

Tizimda yangi turtki

Angor tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash...
KunTun
KunTun