Sohaga oid bilimlar mustahkamlandi

Date:

Har bir soha ayni yo‘nalishda tahsil olayotgan yoshlar uchun qiziq. Ular ham sohada yangilik qilishga, “Amerikani kashf etishga” qodirdek his etishadi o‘zlarini. Bunday kayfiyat, xohish-istakning bo‘lgani yaxshi.

Umidli yoshlargina tizimlarda yangilik qila oladi, tashabbus ko‘rsata oladi. “22-aprel — Butunjahon Yer kuni” munosabati bilan Termiz muhandislik texnologiya instituti hamkorligida Geogezya kadastr va kartografiya yo‘nalishidagi talabalari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir orqali talaba-yoshlarning ko‘zlarida ana shunday uchqunni sezish mumkin bo‘ldi.


Tadbirda talabalarning kadastr sohasidagi qiziqishlarini bilish va yoshlar orasidan iqtidorlilarini tanlab olish, kelajakda ish bilan taʼminlash maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Unda Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Abdiraxmanov tomonidan eng namunali va aʼlochi talabalar esdalik sog‘alari bilan taqdirlandi.


Uchrashuvdan so‘ng talabalar soha mutaxassislari tomonidan zamonaviy geodezik asbob-uskunalari bilan tanishtirildi. Tanishuv “Zakovat” intellektual o‘yiniga ulanib, yoshlar qizg‘in munozaralar olib bordilar.
Ochiq dars ko‘rinishidagi amaliy seminar esa yoshlarning sohaga oid bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bir so‘z bilan aytgan shu kuni barchaning vaqti mazmunli o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun