Afg‘oniston delegatsiyasi Surxondaryoda

Date:

Ayni vaqtda qoʻshni Afgʻoniston ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmonlar surxoncha mehmonnavozlik bilan Termiz tumanida joylashgan Hayraton chegara postida kutib olindi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad, ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish hamda hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan iborat.
Afg‘oniston Savdo-investitsiya palatasi boshchiligida 30 nafardan ortiq Afg‘oniston Respublikasi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, neft, tog‘-kon sanoati, shuningdek, oziq-ovqat, energetika va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlaridan iborat bo‘lib, delegatlar dastlab, Termiz xalqaro savdo markaziga tashrif buyurdi. Savdo do‘konlari, mahsulotlar saqlanadigan omborxonalar ko‘zdan kechirilib, shu yerning o‘zida ikki davlat vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari ham ishtirok etdi.


Afg‘oniston delegatsiyasi tashrifi davomida keyingi yillarda ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasida eksport-import aloqalari kengayib borayotgani, shuningdek, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari xususida so‘z yuritilib, kelgusida ushbu savdo markazi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim koridor vazifasini o‘tashi, afg‘onistonlik tadbirkorlik subyektlarining ushbu Savdo markazida faoliyat yuritishi uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy etilganligi masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiya a’zolari Savdo markazi faoliyati hamda tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, xorijlik ishbilarmon doira vakillariga Savdo markazi imkoniyatlari va xorijlik investorlar uchun yaratilgan qulayliklar borasida ma’lumot berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...

Ona tiliga ehtirom — milliy o‘zlik ifodasi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Termiz davlat...
KunTun
KunTun